Jump to content

Translations:Policy:Terms of Use/11/uz-cyrl

From Wikimedia Foundation Governance Wiki

Amerika Qoʻshma Shtatlari qonunlari va boshqa amaldagi qonunlar (shu jumladan siz yashaydigan hududdagi qonunlar ham) doirasida Wikimedia kontentiga qoʻshgan barcha hissalaringiz va tahrirlaringiz uchun qonuniy javobgar ekanligingizni unutmang. Bu kontentni joylashtirish, oʻzgartirish yoki qayta ishlatishda ehtiyot boʻlish muhimligini anglatadi. Ushbu masʼuliyatni hisobga olgan holda, bizda siz nima qila olmasligingiz haqida baʼzi qoidalar mavjud. Ularning aksariyati oʻzingizni himoya qilish yoki oʻzingiz kabi boshqa foydalanuvchilarni himoya qilish uchundir. Yodda tutingki, biz joylashtirgan kontent faqat umumiy maʼlumot olish uchun moʻljallangan, shuning uchun sizga maʼlum bir savol (masalan, tibbiy, yuridik yoki moliyaviy masalalar) boʻyicha mutaxassis maslahati kerak boʻlsa, tegishli mutaxassisdan yordam soʻrashingiz kerak. Biz boshqa muhim bildirishnomalar va rad etishlarni ham oʻz ichiga olamiz, shuning uchun ushbu Foydalanish shartlarini toʻliq oʻqib chiqing.